Zamonaviy kiberxavflardan himoyalanish, shaxsiy ma'lumotlarni asrash va raqamli gigiyenaga amal qilish.
Har bir talaba bilishi va kundalik hayotda qo'llashi shart bo'lgan asosiy qoidalar:
Barcha akkauntlar uchun kamida 12 ta belgidan iborat takrorlanmas parollar yarating va ikki bosqichli autentifikatsiyani (2FA) albatta yoqing.
Telegram yoki email orqali kelgan "bepul stipendiya", "sovrin yutdingiz" kabi noma'lum havolalarga (Phishing) hech qachon kirmang.
Universitet, kafe yoki jamoat joylaridagi parolsiz Wi-Fi tarmoqlariga ulanganda bank ilovalari va shaxsiy kabinetlarga kirmang.
Telefon va noutbuk operatsion tizimlarini hamda ilovalarni o'z vaqtida yangilang. Yangilanishlar xavfsizlik teshiklarini yopadi.
Hujum turlari bilan tanishing va ularning ishlash mexanizmini o'rganing
...
Kiberjinoyatlar uchun moddalar, sanksiyalar va jabrlanganda murojaat qilish yo'llari
Akkaunt, karta yoki shaxsiy ma'lumotlar o'g'irlanganda hududiy ichki ishlar organiga yoki tezkor raqamlarga murojaat qiling.
Saytlar buzilishi, zararli havolalar, fishing va axborot xavfsizligi hodisalari bo'yicha rasmiy murojaat yuborish mumkin.
Karta yoki hisobdan ruxsatsiz pul yechilsa, darhol kartani bloklang va tranzaksiya tafsilotlarini qayd eting.
O'zbekistonda keng tarqalgan hujumlar bo'yicha o'zingizni tekshiring